Ustaxona boshqaruv platformasi

Tartibsiz ustaxonadan — tartibga.

Barcha qabul qilingan buyurtmalardan to‘liq xabardor bo‘lasiz: kim qabul qildi, qaysi usta ta’mirlayapti, qaysi qism qaysi magazindan olindi, mijoz qachon oladi. Daftar emas — jonli tizim.

10 qadambuyurtma qabuli — 1 daqiqada
535+qurilma modeli katalogda
Telegramorqali kirish — parolsiz
// Nega kerak

Daftar hech kimga hisob bermaydi

Ustaxona kattalashgan sari daftar va xotira yetmay qoladi. Bitta unutilgan buyurtma — bitta yo‘qotilgan mijoz.

Daftar bilan

  • Buyurtma qaysi ustada — so‘rab yurish kerak
  • Magazin qarzi og‘zaki: «keyin hisoblashamiz»
  • Usta ulushi oy oxirida bahs bilan hisoblanadi
  • Ombordan qism yo‘qolsa — hech kim bilmaydi

Ta’mirTizimi bilan

  • Har buyurtma raqamlangan, holati jonli ko‘rinadi
  • Qarz avtomatik: olindi — yozildi, to‘landi — kamaydi
  • Ulush formulada: (narx − qism xarajati) × foiz
  • Ombor harakati jurnalda — kim oldi, qachon
tamirtizimi · buyurtmalar
Bosh usta paneli — barcha buyurtmalar bir ekranda
Bosh usta paneli — barcha buyurtmalar bir ekranda · namoyish ko‘rinishi
// Qisqacha

Uch narsani birdan hal qiladi

01

Buyurtma nazorati

Qabuldan topshirishgacha har bir holat tarixda. Muddati yaqinlashsa — ko‘rinib turadi.

02

Pul hisobi

Magazin qarzi, usta ulushi, xarajatlar — hammasi avtomatik. Excel hisobot bir tugmada.

03

Jamoa tartibi

Usta faqat o‘z ishini ko‘radi, shogirt topshirilganini bajaradi, bosh usta hammasini nazorat qiladi.