Sotib olayotganingiz — dastur emas, ustaxonangizning nazorati. Quyida har bir imkoniyat tizimdagi ko‘rinishi bilan.
Brend, model, mijoz, muddat, mas’ul usta va joriy holat — jadvalda jonli ko‘rinadi. 535 ta model katalogdan tanlanadi, har o‘zgarish tarixga yoziladi.

Tashqi magazindan olingan har qism buyurtmaga bog‘lanadi: olindi — qarz oshdi, «To‘lov qo‘shish» bosildi — kamaydi. Hisobotda har magazin bo‘yicha aniq qoldiq.

To‘rt tur: to‘liq 7 varaqli (ustalar, xarajatlar, qarzlar, mijozlar, zapchast, magazinlar), oylik umumiy, strategik tahlil va mijozlar bazasi.

Qismlar soni va kelish narxi bilan. Ishlatilsa — jurnalga tushadi. Excel shablon orqali bir yo‘la yuklanadi.
Qaytgan ta’mir bir tugma bilan qayta ochiladi, sababi yoziladi va daromadga qo‘shilmaydi.
Formula shaffof: (narx − qism xarajati) × foiz. Oy oxirida bahs emas — raqam.
Ijara, kommunal, mayda xarajatlar — foyda hisobida avtomatik ayriladi.
Qabulning oxirgi qadami — pechat: mijozga chek, sizga hujjatli iz.
Usta va shogirt telefonida, o‘rnatishsiz. Bildirishnomalar botdan keladi.