Bosh sahifa / Savol-javob

Ko‘p so‘raladigan savollar

Qaror qilishdan oldin bilish kerak bo‘lganlar.

Xodimlar telefoniga biror narsa o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. Usta va shogirt Telegram ichidagi Mini App’da ishlaydi — Telegram bor bo‘lsa yetadi. Bosh usta uchun kompyuterda to‘liq panel ham bor.

Ombordagi yuzlab mahsulotni qo‘lda kiritamanmi?

Yo‘q. Tayyor Excel shablon yuklab olinadi, narxlar to‘ldiriladi va fayl tizimga yuklanadi — mahsulotlar bir yo‘la kiradi.

Magazin qarzini kim hisoblaydi?

Hech kim — tizim o‘zi. Buyurtmaga qism qo‘shilsa qarz oshadi, to‘lov kiritilsa kamayadi. Hisobotda har magazin bo‘yicha aniq qoldiq.

Usta o‘z ulushini qanday biladi?

Ulush shaffof formulada: (buyurtma narxi − qism xarajati) × foiz. Usta natijasini o‘z hisobotida ko‘radi.

Kafolat bilan qaytgan telefon-chi?

Tayyor buyurtmada «Kafolat bilan qaytish» tugmasi bor. Sabab yoziladi, ta’mir qayta ochiladi va daromad hisobiga kirmaydi.

Xodim ketsa, ma’lumot unga qoladimi?

Yo‘q. Hisobi yopiladi, kirish to‘xtaydi. Buyurtmalar, mijozlar bazasi va butun tarix ustaxonada qoladi.

Bir nechta ustaxonam bo‘lsa-chi?

Har ustaxona alohida yuritiladi — o‘z xodimlari, buyurtma raqamlari va hisobi bilan.

// Boshlash

Ertaga ham daftar bilanmi?

Birinchi buyurtmani tizimga kiritish — bir daqiqa. Tartib shu yerdan boshlanadi.