Bosh sahifa / Qo'llanma

Ishni boshlash — 6 qadam

Yangi xodim tizimni yarim soatda o‘rganadi. Quyida buyurtmaning to‘liq hayot yo‘li — tizimdagi ko‘rinishlar bilan.

Kirish — Telegram orqali

Sizga berilgan taklif kodi bilan Telegram botga kirasiz — hisobingiz ochiladi. Parol yodlash kerak emas: bosh usta kompyuterda panelni ochadi, usta va shogirt telefonida Mini App tugmasini bosadi.

Buyurtma qabul qilish

Qadam-baqadam so‘raladi: brend → tur → seriya → model → mijoz → raqam → qurilma paroli → muddat → muammo → narx. Katalogda yo‘q qurilma uchun Boshqa tugmasi bor.

Chek chop etish

Oxirgi qadam — Pechat. Mijozga buyurtma raqami va narx yozilgan chek beriladi. Buyurtma ro‘yxatga tushadi va bosh usta uni darhol ko‘radi.

Ta’mir va qism tanlash

Usta statusni yangilab boradi. Qism kerak bo‘lsa — ichki ombordan (soni kamayadi) yoki tashqi magazindan (qarz yoziladi). Har qadam tarixda: kim, qachon, nima qildi.

Topshirish va kafolat

Ish tugadi — status Tayyor. Mijoz olib ketdi — buyurtma yopiladi. Kafolat bilan qaytsa: maxsus tugma bosiladi, sababi yoziladi va ta’mir qayta ochiladi — daromadga qo‘shilmasdan.

Hisobot olish

Bosh usta Hisobot bo‘limida turini tanlaydi — to‘liq (7 varaq), oylik, strategik yoki mijozlar bazasi — va Excel fayl yuklanadi.

Buyurtma qabuli aslida shunday ko‘rinadi:

BrendTurSeriyaModelMijozRaqamParolMuddatMuammoNarx + Pechat
QABULDIAGNOSTIKATA’MIRDATAYYORTOPSHIRILDI
// Tizimda

Qadamlar ekranda qanday ko‘rinadi

yangi buyurtma
2-qadam: brend tanlash oynasi
2-qadam: brend tanlash oynasi · namoyish ko‘rinishi
buyurtma tarixi
4–5-qadam: holatlar tarixi va kafolat
4–5-qadam: holatlar tarixi va kafolat · namoyish ko‘rinishi